Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT hujumdan keyin Suriyaga birinchi gumanitar karvon jo‘natdi
Foto: © AFP
Suriyaga gumanitar yordam yetkazish yana yo‘lga qo‘yilgandan keyin birinchi gumanitar karvon Muadamiya shahriga yetib keldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Farxon Haq ma'lum qildi.
"Bugun gumanitar agentliklar karvoni Damashq atrofida qamal qilingan Muadamiya shahriga kirib keldi va 35 ming kishiga yordam yetkazdi. Biz o‘ta murakkab vaziyatda ham yordam amalga oshirilishi zarurligidan kelib chiqib, yordam yetkazib berilishini qayta boshladik, biroq albatta, birinchi navbatda bizga xavfsizlik kafolatlari kerak", deb aytdi Haq.
20 sentabrga o‘tar kechasi Suriyaga BMTning gumanitar yordamini olib ketayotgan karvon hujumga uchragan.
Mavzuga oid
09:45 / 31.03.2026
Germaniya kansleri suriyalik qochqinlarni uyiga qaytishga chaqirdi
22:12 / 17.03.2026
BMT Erondagi urush tufayli dunyoda rekord darajadagi ocharchilik haqida ogohlantirdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
21:19 / 12.03.2026