Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ortiqcha vazn bilan kurashishning samarali usuli aniqlandi
Xalqaro olimlar guruhi semizlikka genetik moyillikni parhez yoki jismoniy mashqlar bilan bartaraf etish mumkinligini aniqladi. Parhezshunoslar o‘z xulosalarini British Medical Journal'dagi maqolada bayon qilishdi.
Olimlar 10 ming kishi ishtirok etgan sakkiz tadqiqotni tahlil qilib, ortiqcha vaznning yuqori xavfi FTO genining turlaridan biri bilan bog‘liq ekanligini aniqlashdi.
Mazkur gen turiga ega ozish dasturi ishtirokchilari bunday geni mavjud bo‘lmagan kishilarga qaraganda bir necha kilogramm og‘irroq bo‘lishgan. Shunga qaramay, ular ortiqcha vazndan birdek osonlikcha xalos bo‘lishgan. Metatahlil natijalari jismoniy faollik, parhez yoki dori-darmon genetik shartli va oddiy semizlik bilan kurashishda birdek samarali ekanligini ko‘rsatdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 yilda dunyoning 1,9 milliard nafar katta yoshli kishisi ortiqcha vaznga ega bo‘lgan. Ularning orasida 600 milliondan ortiq kishi semizlikdan aziyat chekkan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning bunday keng tarqalishiga genlar emas, atrof-muhitdagi turli omillar sababchi.
Semizlik saraton kasalligi rivojining yuqori xavfi va yurak-qon tomir tizimining buzilishiga olib keladi.
Mavzuga oid
20:27 / 08.12.2025
Smartfon tufayli bolalarda depressiya va semizlik rivojlanishi mumkin – tadqiqot
09:16 / 19.11.2025
AQSh elchixonasi semizlik vizani rad etish uchun asos bo‘la olmasligini ma’lum qildi
11:46 / 12.09.2025
Dunyoda bolalar va o‘smirlar orasida semizlik darajasi birinchi marta kam vaznlikdan oshib ketdi – UNICEF
20:04 / 11.09.2025