Xalqaro olimlar guruhi semizlikka genetik moyillikni parhez yoki jismoniy maşqlar bilan bartaraf etiş mumkinligini aniqladi. Parhezşunoslar öz xulosalarini British Medical Journal'dagi maqolada bayon qilişdi.
Olimlar 10 ming kişi iştirok etgan sakkiz tadqiqotni tahlil qilib, ortiqça vaznning yuqori xavfi FTO genining turlaridan biri bilan boğliq ekanligini aniqlaşdi.
Mazkur gen turiga ega oziş dasturi iştirokçilari bunday geni mavjud bölmagan kişilarga qaraganda bir neça kilogramm oğirroq bölişgan. Şunga qaramay, ular ortiqça vazndan birdek osonlikça xalos bölişgan. Metatahlil natijalari jismoniy faollik, parhez yoki dori-darmon genetik şartli va oddiy semizlik bilan kuraşişda birdek samarali ekanligini körsatdi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, 2014 yilda dunyoning 1,9 milliard nafar katta yoşli kişisi ortiqça vaznga ega bölgan. Ularning orasida 600 milliondan ortiq kişi semizlikdan aziyat çekkan. Mutaxassislarning sözlariga köra, kasallikning bunday keng tarqalişiga genlar emas, atrof-muhitdagi turli omillar sababçi.
Semizlik saraton kasalligi rivojining yuqori xavfi va yurak-qon tomir tizimining buzilişiga olib keladi.

















