Parhez va maşqlarsiz tez oziş. Bugun ijtimoiy tarmoqlar mana şunday çaqiriqlar bilan tölib-toşdi. Dastlab qandli diabetni davolaş uçun işlab çiqilgan dori vositalari endi “sehrli ukol” sifatida ommaviy sotilyapti, gözallik salonlari-yu Telegram-kanallarda ham “ozdiruvçi möjiza”lar taklif etilyapti. Xöş, bu preparatlar organizmda özi qanday işlaydi? Tibbiyotda tan olinmaydigan, taqiqlangan yoki rasmiy röyxatdan ötmagan protseduralardan xavfli asoratlar yuzaga kelganda javobgarlikni kim öz böyniga oladi? Kun.uz’ning navbatdagi körsatuvi ayni şu mavzuga bağişlanadi.

Hozirda ortiqça vazn muammosi bezovta qilayotgan odamlar orasida ommalaşgan ozdiruvçi preparatlarning aksariyati aslida vazn taşlaş uçun möljallanmagan. Masalan, Ozempic yoki Mounjaro kabi vositalar dastlab qandli diabetni davolaş maqsadida işlab çiqilgan. Keyinçalik ularning iştahani kamaytirişi aniqlangan. Şu asosda mazkur dorilar ortiqça vaznni kamaytiriş yönalişida ham norasmiy tarzda keng qöllana boşladi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda tez natija va’da qiluvçi kontentlar bu tendensiyani yanada kuçaytirdi.

Mutaxassislarning aytişiça, vazn kamaytirişga möljallangan preparatlar bir neça xil mexanizm orqali ta’sir qiladi: ayrimlari iştahani susaytiradi, ba’zilari yoğlarning sörilişini çeklaydi yoki modda almaşinuvini tezlaştiradi. Şuningdek, bunday dorilar organizmda ovqat hazm qiliş jarayonini sekinlaştiradi, oşqozon böşaşişi uzoq davom etadi va odam özini köproq vaqt töq his qiladi. Natijada ovqat iste’moli miqdori kamayadi, vazn ham tuşadi. Biroq bu jarayon reklamalarda aytilayotganidek “faqat yoğ erişi” bilan keçmaydi.

“Tez ozişning dastlabki bosqiçida vazn kamayişi aksar hollarda yoğ hisobiga emas, tanadagi suv va muşak massasining kamayişi bilan boğliq böladi. Oziş jarayoni jismoniy faollik va töğri ovqatlaniş bilan qöllab-quvvatlanmasa, organizm energiya manbai sifatida muşak töqimalarini “yoqa boşlaydi”. Oqibatda inson ixçamlaşgandek körinadi, ammo metabolizm zaiflaşadi, tana şakli özgaradi va soğliq bilan boğliq muammolar paydo böla boşlaydi”, – deydi gastroenterolog Komila Madrimova.

Uşbu jarayonlarning barçasi organizmning murakkab gormonal va metabolik tizimlariga aralaşuvni anglatadi. Şuning uçun bunday preparatlarni nazoratsiz qabul qiliş soğliq uçun xavf tuğdirişi mumkin.