Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya kurdlar bilan birga Raqqani ozod qilishdan bosh tortdi
Foto: © Reuters
Turkiya IShIDning Suriyadagi poytaxti hisoblangan Raqqa shahrini jangarilardan ozod qilish bo‘yicha operatsiyani agar kurdlar o‘tkazsa, unda ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin ma'lum qildi.
"Muzokaralar olib borilmoqda, biroq natija yo‘q. Biz Manbij va Jarablusdagi operatsiyalar vaqtidagi tamoyillardan kelib chiqamiz. Operatsiyada "Demokratik ittifoq" kurd partiyasi kuchlari bilan birgalikda ishtirok etish istesno qilinadi", deb aytdi Kalin. Uning aytishicha, Anqara Suriyadagi shaharlarning IShIDdan ozod qilinishini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq uning o‘z shartlari bor.
19 sentabrda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an harbiy missiya o‘tkazilish hududini kengaytirish mumkinligini e'lon qilgan. "Operatsiya doirasida hozirga kelib biz 900 kvadrat kilometr hududni terrorchilardan ozod qildik. Bu hudud janubga kengaymoqda. Biz bu maydonni xavfsizlik hududini yaratish doirasida 5 ming kvadrat kilometrgacha oshirishimiz mumkin", deb aytgan Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz
12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi
22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
19:16 / 07.06.2025