Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada prezident iste'fosiga oid referendum o‘tkaziladi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning vakolatlarini muddatidan avval yakunlash to‘g‘risidagi umumhalq referendumi 2017 yil boshida bo‘lib o‘tishi mumkin, deyiladi Milliy saylov komissiya axborotida.
"Referendum 2017 yil birinchi choragi o‘rtalarida bo‘lib o‘tishi mumkin", -deb ta'kidlangan 22 sentabr kuni e'lon qilingan hujjatda.
Shu bilan birga, umumxalq ovoz berish jarayonini tashkil etishning shartiga oydinlik kiritilgan. Xususan, Venesuelaning har bir 23 viloyatidagi ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning kamida 20 foizi bu masalani yoqlab, imzo qo‘yishi kerak. Imzo to‘plash davri 26-28 oktabr kunlariga belgilangan.
G‘arb OAVning yozishicha, referendum o‘tkazilib, Maduro hukumat tepasidan ketgan taqdirda ham davlat rahbarligini vaqtincha vitse-prezident bajaradi va shu bilan sotsialistlar hokimiyat tepasida qoladi. Biroq, muxolifat 2017 yilda referendum o‘tkazib, Maduro kerakli ovozni to‘play olmasa, yangi prezidentlik saylovi o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026