Forbes: NATOda Gruziya va Ukrainaga o‘rin yo‘q
Ukraina va Gruziya NATOga hech qanday foyda keltira olmaydi — alyans ularning ishtiroki bilan kuchliroq bo‘lib qolmaydi, Rossiya bilan munosabatlar xavf ostida qoladi, Vashingtonni esa, bu davlatlarning taqdiri unchalik ham tashvishga solmasa kerak, deb yozadi Forbes jurnali.
AQSh Gruziya va Ukrainaga 2008 yildan beri NATO a'zoligini va'da qilib keladi. Biroq, Yevropada bu masalada unchalik ham jiddu-jahd kuzatilayotgani yo‘q.
"Agar alyansga a'zo bo‘lish — xayriya emas, xavfsizlik masalasi bo‘lsa, bu holda uning ishtirokchilari fikriga diqqat qaratish shart", — deyiladi maqolada.
Misol uchun, Gruziya NATOga umuman ustunlik bermaydi, Vashington rahbariyati Tbilisi ma'muriyatining Afg‘oniston va Iroqdagi Amerika jangovar amaliyotlarida ishtirok etishini olqishladi, ammo bu, AQSh Gruziyaga harbiy kafolatlar berishi kerakligini anglatmaydi.
"Gruziya hatto NATOning YaIM ikki foizini mudofaa maqsadlariga sarflash borasidagi eng kichik talabiga ham mos kelmaydi", — deb yozadi Forbes.
Tbilisi AQShning Rossiya bilan yanada jiddiyroq kelishmovchiligiga arziydigan jo‘yali foyda taqdim eta olmaydi, deya ta'kidlanadi maqolada.
Biroq, Gruziyaning NATOga a'zoligi tarafdorlari, Tbilisi rad javobini olsa, G‘arbdan Moskva tomon yo‘nalishidan xavotirlanmoqda. Shunday bo‘lsa-da, bu masala nima uchun AQShni tashvishga solishi lozim?, deb savol bilan murojaat qiladi muallif.
Ukraina Gruziyaga qaraganda ham ko‘proq nomaqbul nomzoddir. Bu mamlakat Vashingtondan ko‘ra, Moskva uchun ancha ahamiyatli mamlakat hisoblanadi. Shuning uchun, uning NATOda ishtiroki Rossiya tomonidan bevosita tahdid deb baholanishi aniq. Kiyevning alyansga a'zoligi AQSh xavfsizligini kuchaytirmaydi, balki uning ehtimolini kamaytiradi, deb hisoblaydi jurnal.
Alyans, har holda, uni AQSh boshqarar ekan, ancha eskirdi. Vashington NATOning kengayishini to‘xtatishi kerak. Agar, alyansning Yevropadagi a'zolari zaif davlatlarni himoya qilishni xohlar ekan, shunday qilaversin, deya xulosa qiladi muallif.
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
17:55 / 23.11.2024
WSJ: Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
13:12 / 23.11.2024