Jamiyat | 14:14 / 23.09.2016
6109
2 daqiqa o‘qiladi

Moskva politsiyasi rahbari Anatoliy Yakunin iste'foga chiqdi

Foto: TACC

Moskva politsiyasi rahbari Anatoliy Yakunin o‘z lavozimini tark etadi, u iste'foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdi. Bu haqida vaziyatni yaqindan biluvchi manbaga asoslanib, TASS xabar berdi

"Anatoliy Yakunin iste'foga chiqish uchun ariza yozdi. U o‘z faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha noma'lum, ehtimol, bu Rossiya IIVning markaziy apparati bo‘lishi mumkin", - dedi agentlik suhbatdoshlaridan biri. 

Manbaga ko‘ra, Yakunin yaqin vaqt ichida Rossiya IIVning operativ boshqaruv bo‘limiga rahbarlik qilishi mumkin, bu bo‘limning asosiy vazifasi navbatchi qismlarni nazorat qilishdan iborat. 

"Bugungi kunda bu boshqarmaning vaqtinchalik rahbari - politsiya general-mayori Vyacheslav Xaustov", - dedi u. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, poytaxt boshqarmasi rahbari o‘z ishchilariga birgalikda ishlagan vaqt davomidagi xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirgan, ular ham, o‘z navbatida, rahbarga yangi ish joyida muvaffaqiyatlar tilashgan. 

Mavzuga oid