Sport | 19:07 / 24.09.2016
5424
1 daqiqa o‘qiladi

Fyuri Klichko bilan o‘tkaziladigan jangni sog‘lig‘idagi muammolar sabab ortga surgan

Boks bo‘yicha super og‘ir vazn sohibi, britaniyalik Tayson Fyuri Vladimir Klichko bilan o‘tkaziladigan jangni takroran ortga surdi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Ushbu qarorni “tibbiy xulosalarga ko‘ra jang o‘tkazish uchun qobiliyatsiz” deb izohlashgan. Fyuri vakillari gap nima haqda ketayotganini ochiq aytishmagan. Ularning aytishicha, “bokschining salomatligi xavf ostida, shu sabab u jang o‘tkaza olmaydi”.

Revansh-jang 9 iyul kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo u ma'lum sabablarga ko‘ra 29 oktabrga qoldirilgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Fyurining to‘piq suyagida jarohat bor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid