Jahon | 23:52 / 25.09.2016
10312
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Moskvani harbiy jinoyatlarda aybladi

BMT Xavfsizlik kengashining Suriya bo‘yicha shoshilinch yig‘ilishida Buyuk Britaniyaning BMTdagi maxsus vakili Metyu Rikroft Bashar Asad tuzumi va Rossiya "Halabni xarobalarga aylantirayotganini" aytdi.

Diplomat Moskvani Halabning tinch aholisini o‘qqa tutishda ishtirok etishda aybladi. "Ular bunkerlarga qarshi bombalar qo‘llashmoqda, uylar va boshpanalarni yo‘q qilishmoqda, alangalanuvchi snaryadlar turar joy hududlariga tashlanmoqda", deb aytdi Rikroft.

U Rossiyani "xalqaro sahnadagi quvg‘indi" deb atadi. Bundan tashqari, Rikroft Suriya xalqi Moskvadan Asad hukumatiga ko‘rsatilayotgan ko‘makni so‘ramayotganini ta'kidlab o‘tdi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid