Konte: "Chelsi" - faqatgina qog‘ozda ajoyib jamoa
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte Angliya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan "Arsenal"ga qarshi uchrashuvdan olgan taassurotlari bilan bo‘lishdi. Uchrashuv Londondagi "Emireyts — Eshberton Grouv" stadionida bo‘lib o‘tdi va "kanonirlar" foydasiga 3:0 hisobida yakunlandi.
"Fikrimcha, bizda to‘g‘ri jangovor kayfiyat bo‘lmadi. Biz ko‘p ishlashimiz kerak, chunki biz faqatgina qog‘ozda ajoyib jamoamiz. Bu hamisha alohida insonlarning emas, jamoaning muammosi bo‘lgan. Hech nima ishlamaganda, alohida futbolchilarga o‘ynash juda qiyindir.
Men Gari Kexillning xatosi haqida gapirmoqchi emasman, bu o‘yinchiga nisbatan adolatsizlik bo‘ladi. Biz jamoa bo‘lib yutamiz va yutqazamiz. Agar kimdir jamoa kurashga tayyor deb o‘ylasa, unda fikrimcha, kutish kerak. Qog‘ozdagina emas, balki maydonda ham a'lo darajadagi jamoa bo‘lish lozim", deb aytdi italiyalik mutaxassis.
Mavzuga oid
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
12:25 / 19.08.2024
«Real» mavsumni yo‘qotish bilan boshladi, «Siti» yarim kuch bilan g‘alabaga erishdi. Kun o‘yinlari
15:02 / 20.05.2024