Jahon | 20:47 / 25.09.2016
6659
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Turkiyaga safar uyushtiradi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Naif 29-30 sentabr kunlari Turkiyaga rasmiy safar uyushtiradi, deb ma'lum qildi Saudiya Arabistonining "Okaz" nashri. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, shahzoda Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va bosh vazir Binali Yildirim bilan muzokaralar o‘tkazadi. Ular ikki tomonlama munosabatlar, mintaqada voqealar rivoji va terrorchilikka qarshi kurash masalalarini muhokama qilishadi. Shahzoda shuningdek turk kompaniyalari rahbarlari bilan ularning Saudiya Arabistoni bozorida ishtirok etish imkoniyati va ikki davlat o‘rtasida savdoni faollashtirish masalasini muhokama qilish uchun uchrashadi.  

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining 700 dan ko‘proq kompaniyalari Turkiyadagi loyihalarga 2 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ kiritgan.   

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid