Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyundai kasaba uyushmasi ish tashladi
Janubiy Koreyaning Hyundai Motors avto ishlab chiqaruvchisining kasaba uyushmasi maosh ko‘tarish masalasida olib borilgan muzokaralarning muvaffaqiyatsiz yakunlanishidan so‘ng 12 yil ichida ilk bor ish tashladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, konsern xodimlari 2016 yilning iyulida bo‘lgan ish tashlashdan so‘ng Hyundai kompaniyasida ishlab chiqarish to‘xtaganini e'lon qilishgan. Yozgi ish tashlashlar avtokonsernga 2,02 mlrd dollar zarar keltirgan edi. Kontsernning Janubiy Koreyadagi zavodlari ishlab chiqarish hajmining 40 foizini o‘z zimmasiga oladi.
Hyundai boshqaruv rahbariyatining ma'lum qilishicha, bu kabi ish tashlashlar kompaniyaning foyda olishiga har tomonlama zarar keltiradi va muammolarni hal etmaydi.
Mavzuga oid
20:02 / 11.06.2026
Ish tashlash taqiqlangan sohalar belgilandi
18:55 / 11.06.2026
Ish tashlashni amalga oshirish tartibi belgilandi
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
12:04 / 01.05.2026