Iş taşlaş huquqiga nisbatan 30 yillik “qonun sukuti” tugayaptimi?
|17:04 / 01.05.20267 58212 min
Bugun 1 may – Mehnatkaşlarning xalqaro birdamlik kuni dunyo davlatlarida keng nişonlanadi. Şu munosabat bilan Toşkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot markazi rahbari, PhD Miryoqub Rahimov Kun.uz'ga taqdim etgan maqolasida Özbekistonda mehnatkaşlar birdamligining huquqiy asosida böşliq borligi va uni töldirişga qaratilgan qonun Senatdan ötgani haqida söz yuritadi.
Foto: DreamstimeFoto: Dreamstime
Kunning qisqaça tarixi
XIX asr oxirlarida işçilar kuniga 10–12 soat işlaşga majbur bölar, ularning mehnati esa yetarli darajada qadrlanmas edi. Şu bois ular 8 soatlik iş kuni uçun kuraşni boşladilar.
1886 yil 4 may kuni Çikago şahrida bölib ötgan namoyiş Haymarket voqeasi nomi bilan tarixda qoldi. Tinç ötişi kerak bölgan yiğiliş kutilmaganda fojiaga aylangan. Noma’lum şaxs tomonidan taşlangan bomba oqibatida politsiya va oddiy fuqarolar halok böldi. Voqea dunyoni larzaga soldi.
Öşa voqea 1 mayni xalqaro miqyosda mehnatkaşlar birdamligi ramziga aylantirdi.
Jahon mehnat bozori raqamlarda
Xalqaro Mehnat Taşkilotining World Employment and Social Outlook 2024 hamda McKinsey Global Institute ma’lumotlariga köra, 2030 yilga borib dunyo böyiça mehnat kuçi taxminan 3,5 milliardga yetişi kutilmoqda.
Jahonda 2 milliarddan ortiq işçi norasmiy sektorda faoliyat yuritayotgani mehnat sifatining pastligini körsatadi. Xususan, 241 million işçi öta qaşşoqlik (kuniga 2,15 dollardan kam daromad bilan) şaroitida yaşamoqda.
Özbekiston statistikasi
Sönggi rasmiy ma’lumotlarga köra, Özbekistonda jami 5,5 million nafar xodim rasmiy bandlikda faoliyat yuritmoqda. Şundan 2,2 millioni davlat taşkilotlarida, 3,3 millioni esa xususiy sektorda işlaydi. Bu – xususiy sektorning mehnat bozoridagi ustun uluşini körsatadi.
Mavzuga oid
Band aholining 553,7 ming nafari bandlik organlari orqali, qolgan 4,9 millioni mustaqil ravişda işga joylaşgan.
Iş taşlaşga nisbatan jahon mamlakatlari yondaşuvlari
Dunyo davlatlarida iş taşlaş huquqiga nisbatan uç xil yondaşuvda munosabat qiladi: ruxsat beradi va mustahkamlaydi, qat’iy taqiqlaydi va jazolaydi, sukut saqlaydi va qonunçilikda bu masalani oçiq qoldiradi.
Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Kanadada iş taşlaş huquqi mehnat munosabatlarining muhim elementi sifatida e’tirof etiladi.
Saudiya Arabistoni, Qatar hamda Birlaşgan Arab Amirliklarida iş taşlaş deyarli mumkin emas. Bunday harakatlar jarima, deportatsiya yoki boşqa javobgarlikka sabab böladi.
Oxirgi toifaga kiruvçi Özbekiston va Xitoy kabi davlatlar iş taşlaş huquqini qonunçilikda aniq tartibga solmagan.
Özbekistonda iş taşlaş huquqi yöq
Xalqaro Mehnat Taşkilotining Özbekistonga nisbatan ayrim e’tirozlari asosli. Sababi bugungi kungaça mamlakatda iş taşlaş huquqi qonunda mustahkamlanmadi.
1995 yil 25 dekabrda qabul qilingan eski Mehnat kodeksida iş taşlaş huquqi haqida birorta norma yöq edi. 2016 yildan boşlangan islohotlar doirasida işlab çiqilgan yangi Mehnat kodeksi loyihasi uç marta umumxalq muhokamasiga çiqarildi. E’tiborli jihati, loyihaning 2019 yil 23 sentabrdagi birinçi va 2019 yil 14 oktyabrdagi ikkinçi variantida iş taşlaş tuşunçasi kiritilib, uni taşkil etiş va ötkaziş tartibi batafsil belgilangan edi. Biroq uçinçi variant, ya’ni 2020 yil 16 sentabrdagi tahrirda uşbu normalar biror sabab körsatilmasdan çiqarib taşlandi.
Şu tariqa, 2022 yil 28 oktyabrda qabul qilingan yangi Mehnat kodeksida iş taşlaş huquqi va uni ötkaziş tartibi nazarda tutilmadi.
Vaziyatdan çiqiş yöli bor
Özbekistonda xodimlarning iş taşlaş huquqi töğridan töğri va batafsil tartibga solinmagan bölsa-da, u mutlaqo inkor etilmagan. Davlat uşbu huquqni xalqaro majburiyatlar doirasida tan oladi.
Xususan, “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar töğrisidagi xalqaro pakt”ning 8-moddasida har bir iştirokçi davlat iş taşlaş huquqini ta’minlaş majburiyatini oladi deyilgan. Özbekiston mazkur hujjatga 1995 yil 31 avgustda qöşilgan. Amaldagi Mehnat kodeksining 10-moddasiga muvofiq, agar mamlakatning xalqaro şartnomasida xodimlar uçun milliy qonunçilikka nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bölsa, xalqaro şartnoma qoidalari qöllaniladi.
Şunday ekan, iş taşlaş huquqi bilvosita tan olinadi va ma’lum darajada qöllanişi mumkin.
Iş taşlaş uçun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan
1995 yil 1 aprelda qabul qilingan va hozir amaldagi Jinoyat kodeksining 218-moddasiga köra, taqiqlangan iş taşlaşga boşçilik qiliş yoki favqulodda holat vaqtida korxona va taşkilotlar işiga xalaqit beriş jinoyat hisoblanadi.
Bunday harakatlar uçun jarima yoki 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş, hatto 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanişi mumkin. Bu esa amalda iş taşlaş masalasi qat’iy tartibga solinganini va ayrim hollarda jinoiy javobgarlikka olib kelişini körsatadi.
Natijada, mehnat huquqlaridagi nomutanosiblik yoki parodoks bugungi kunda ham saqlanib qolmoqda. Yangi Mehnat kodeksi qabul qilindi, biroq iş taşlaş huquqi yana unda aks ettirilmadi.
Xalqaro taşkilotning e’tirozlari
Oziq-ovqat, qişloq xöjaligi, mehmonxona, restoran, umumiy ovqatlaniş, tamaki va turdoş sohalar xodimlari xalqaro uyuşmalari federatsiyasi (IUF) ma’lumotlariga köra, Özbekistonda xodimlar asosiy mehnat huquqlarini amalga oşirişda qiyinçiliklarga duç kelmoqda.
Xususan, hisobotga köra, mehnatkaşlar öz huquqlarini himoya qiliş maqsadida jamoaviy yiğilişlar, mitinglar va namoyişlar taşkil eta olmaydi. Davlatga aloqador Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi ta’siri tufayli mamlakatda mustaqil kasaba taşkilotlari mavjud emas.
Bundan taşqari, Mehnat kodeksi va kasaba uyuşmalari töğrisidagi qonunçilik xodimlarning iş taşlaş huquqini kafolatlamagan.
Özbekiston ehtiyotkorlik bilan yondaşadi
Davlat nafaqat iş taşlaşga, balki boşqa ommaviy tadbirlarga nisbatan ham juda ehtiyotkor. Konstitutsiyaning 33-moddasida fuqarolarning mitinglar, yiğilişlar va namoyişlar ötkaziş huquqi kafolatlangan. Biroq uşbu huquqni amalga oşiriş tartibini belgilovçi maxsus qonun hanuz qabul qilinmagan. 1991 yildan boşlab ötgan qariyb 35 yil davomida bu sohada yagona va kompleks qonunning mavjud emasligi – konstitutsiyaviy huquqning amaliy ijrosini çeklab kelmoqda.
Özbekiston hukumati 2025-yilda Xalqaro mehnat taşkiloti huzuridagi Uyuşmalar erkinligi böyiça qömitaga taqdim etgan hisobotida bu masalaga alohida töxtalgan. Unga köra, Xalqaro mehnat taşkiloti talablari inobatga olinib, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tomonidan mitinglar, yiğilişlar va namoyişlar ötkaziş tartibini belgilovçi qonun loyihasi işlab çiqilgani hamda hozirda körib çiqilayotgani qayd etilgan. Biroq bugungi kungaça mazkur qonun qabul qilinmadi.
Iş taşlaş tartibsizlik emas
Iş taşlaş – xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan jamoaviy huquqiy vosita. U öz mohiyatiga köra zöravonlik yoki tartibsizlik emas, balki mehnat nizolarini hal etişning tinç şakli hisoblanadi.
Demokratik davlatlar iş taşlaşni xalqaro standartlar asosida fundamental huquq sifatida tan oladi. Xususan, Xalqaro mehnat taşkiloti uşbu huquqni uyuşmalar erkinligining ajralmas qismi sifatida e’tirof etadi.
Garçi Özbekiston “Birlaşmalar erkinligi va birlaşiş huquqini himoya qiliş töğrisida”gi va “Jamoa muzokaralarini olib boriş va birlaşiş huquqi töğrisida”gi konvensiyalarni ratifikatsiya qilgan bölsa-da, iş taşlaş masalasida hamon sukut saqlamoqda.
Bugun rejalaştirib, ertaga iş taşlab bölmaydi
Köpçilik iş taşlaşni birdaniga boşlanadigan tartibsiz harakat deb hisoblaydi. Aslida esa u jamoaviy mehnat nizosini hal etişning qonunda qat’iy belgilangan bosqiçlariga ega murakkab jarayondir. Xodimlar talablarini rasmiy tartibda bildiradi, iş beruvçi ularni rad etsa yoki javob bermasa, aynan şu kundan boşlab jamoaviy nizo boşlangan hisoblanadi. Şundan keyin nizoni darhol keskinlaştiriş emas, balki uni tartibga soliş mexanizmlari işga tuşadi.
Keyingi bosqiçlarda nizo majburiy yaraştiruv tartib-taomillaridan ötadi. Avvalo yaraştiriş komissiyasi tuziladi va qisqa muddatlarda kelişuvga erişişga harakat qilinadi. Natija bölmasa, mediator jalb etilişi yoki töğridan töğri mehnat arbitrajiga ötilişi mumkin. Eng asosiysi, barça bosqiçlar majburiydir. Yaraştiriş komissiyasini taşlab mediatorga yoki mediatorni taşlab mehnat arbitrajiga töğridan töğri murojaat qilib bölmaydi. Jarayon odatda bir-ikki kunda yakuniga yetmaydi, hatto bir neça oy davom etişi ham mumkin.
Faqat şu barça imkoniyatlar tugab, kelişuvga erişilmasa, iş taşlaş oxirgi çora sifatida yuzaga keladi. U ham tartibsiz emas. Xodimlar öz vakillari, ayniqsa kasaba uyuşmalari orqali harakat qiladi. Iş beruvçi hamda tegişli davlat organlariga oldindan iş taşlaş rejalaştirilgan sana, joy va boşqa ma’lumotlarni berib ogohlantiradi. Şu bois iş taşlaş bir kunlik hissiy qaror emas, balki uzoq davom etgan muzokaralar, rasmiy tartib-taomillar va huquqiy jarayonlarning yakuniy bosqiçi hisoblanadi.
Misol bilan tuşuntiramiz
Iş taşlaş jamoaviy nizoni hal etiş vositasi sanaladi. Jamoaviy mehnat nizosi individual nizodan farqli ravişda bitta xodim va iş beruvçi örtasida emas, balki bir guruh xodimlar bilan iş beruvçi örtasida yuzaga keladi. Masalan, taşkilotda işlaydigan barça xodimlar oyiga 1 271 000 söm evaziga mehnat şartnomasi asosida işlaydi. Bu miqdor qonundagi minimal talabga mos.
Biroq uşbu summa xodim va uning oilasi xarajatlarini qoplamaydi. Bir nafar xodim iş beruvçiga murojaat qilib, iş haqini oşirişni söradi. Ammo iş beruvçi taklifni rad etdi. Rad etiş – iş beruvçining huquqi. Çunki işga kirişda taraflar aynan şu miqdorga kelişgan va uni özgartiriş uçun yana özaro kelişuv talab qilinadi. Xodim holat yuzasidan sudga murojaat qilsa ham, yutqiziş ehtimoli yuqori.
Şundan söng barça xodimlar birlaşib, iş beruvçiga yagona jamoaviy talab bilan çiqadi va iş haqini oşirişni söraydi. Agar iş beruvçi bu talabni rad etsa, nizo jamoaviy tus oladi. Aynan şunday vaziyatda iş taşlaş jamoaviy nizoni hal etiş vositasi sifatida namoyon böladi. Va bu xodimlarning umumiy manfaatlarini himoya qilişga xizmat qiladi.
Yangi kutilmalar
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan 2025 yil 9 sentabr kuni iş taşlaş huquqini qonuniy tartibga solişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi qabul qilindi. Mazkur hujjatning asosiy maqsadi milliy qonunçilikni Xalqaro mehnat taşkiloti konvensiyalari, xususan birlaşmalar erkinligi va jamoa muzokaralari böyiça xalqaro standartlarga moslaştirişdan iborat. Bu orqali mehnat munosabatlarida xodimlar huquqlarini himoya qilişning huquqiy asoslarini mustahkamlaş közda tutilmoqda.
Mazkur qonun 2026 yil 8 aprel kuni Oliy Majlis Senati yalpi majlisida ma’qullandi. Uşbu hujjat Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar töğrisidagi xalqaro paktda belgilangan me’yorlarni amaliyotga tatbiq etişga xizmat qiladi. Endilikda qonunning kuçga kirişi uçun Prezident tomonidan imzolanişi va rasmiy e’lon qilinişi talab etiladi.
Xulosa
Iş taşlaş huquqining Mehnat kodeksida aniq normativ mustahkamlanişi Özbekistonda qariyb 35 yil davom etgan “qonun sukuti”ni institutsional darajada yakunlaşni anglatadi.
Bu bir tomondan 5,5 million xodimning fundamental mehnat huquqlarini kafolatlaydi, ikkinçi tomondan esa jamoaviy mehnat nizolarini tartibli mexanizmlar orqali hal etiş imkonini yaratadi. Şu bilan birga, milliy huquq tizimini xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlab, davlatning xalqaro-huquqiy majburiyatlarini amalda bajarganligini körsatadi.
Rahimov Miryoqub Aktamoviç,
Toşkent davlat yuridik universiteti
Tadqiqot markazi rahbari,
yuridik fanlar böyiça falsafa doktori (Phd), dotsent