Jamiyat | 09:29 / 26.09.2016
7875
1 daqiqa o‘qiladi

IShIDga yordam bergan xakerning qamalishi bo‘yicha ilk holat yuz berdi

AQShda kosovolik xaker, IShID bilan hamkorlik qilishda ayblangan Ardit Fareziga 20 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llandi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi saytida ma'lum qilingan.

Ferizi 2015 yilning oktabrida Malayziyada qo‘lga olingandi. U AQShdagi kompaniyalardan birining ma'lumotlar bazasini buzib kirishda gumon qilingan. U terrorchilarning ro‘yxatiga kiritilgan 1,3 ming kishining ma'lumotlarini qo‘lga kiritgan. Xaker shu yilning iyunida o‘z aybiga iqror bo‘ldi.

Amerika qonunchiligiga ko‘ra, bunday turdagi jinoyat uchun 35 yilgacha qamoq jazosi tayinlash belgilangan.

Ferizi o‘zining shaxsiy akkauntidan ekstermistik postlar qoldirib borgan.

Uning qo‘lga olinishidan keyin IShID tarkibida axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar paydo bo‘ldi. Bunday mutaxassislar terrorchilarga shifrlash xizmatlaridan foydalanish, soxta akkauntlar ochish hamda xavfsiz sharoitlarda o‘zaro aloqa qilish yo‘llarini o‘rgatishdi.

Mavzuga oid