Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunchilik palatasi vakolatlari kengaytirildi
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonuniga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlarga muvofiq, Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining vakolatlari kengaytirildi. Shu haqdagi qonunni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev imzoladi. Qonun matni “Xalq so‘zi” gazetasining 24 sentabrdagi sonida e'lon qilingan.
Unga ko‘ra, fraksiyalar va deputatlar guruhlarining taklifiga binoan joylarda byudjyet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini o‘rganadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining, ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi, Qonunchilik palatasi qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotni eshitadi.
Shuningdek, qonunlar va Qonunchilik palatasi qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ijro etilishini, huquqni qo‘llash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib o‘rganadi.
Yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta'minlash uchun qonun osti hujjatlarining o‘z vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Hujjatda Qonunchilik palatasi qo‘mitalari qonunlarga muvofiq, boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkinligi qayd etilgan.
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026