Fan-texnika | 17:45 / 26.09.2016
4649
1 daqiqa o‘qiladi

Salesforce Twitter'ga 16 milliard dollar to‘lashga tayyor

Salesforce dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi va Twitter'ni xarid qilishga da'vogarlik qiluvchi boshqa kompaniyalar shartnoma uchun 16 milliard dollar berishga tayyor. Bu haqida Bloomberg ma'lum qildi

Biroq agentlikning ta'kidlashicha, xaridorlar mikrobloglarning servis ma'lumotlaridan tashqari kompaniyaning ma'muriy muammolarini ham o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri keladi. 

Manbada keltirilishicha, hozircha Twitter rahbariyati servisni xarid qilish haqida rasmiy taklif olmagan, lekin kompaniya salohiyatli xaridorlar haqida ma'lumot olish maqsadida Goldman Sachs and Allen & Co.ga so‘rov yo‘llagan.

Ta'kidlanishicha, Twitter rahabri Jyek Dorsi servisni sotishga qiziqish bidirmagan. Shartnoma uning mikrobloglar servisi rahbari lavozimini tark etishiga sabab bo‘lib xizmat qilishi mumkin. So‘nggi 6 yil ichida mahsulot ishlab chiqaruvchilar jamoasida rahbarlik lavozimida kamida besh marta o‘zgarish kuzatildi. 

Mavzuga oid