Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Asad rejimini harbiy jinoyatlarda aybladi
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Bashar Asad rahbarligidagi Suriya hukumatini harbiy jinoyatlar sodir etishda aybladi. Bu haqda vazirlik saytida bildirilgan.
"Biz keyingi kunlarda Suriyadagi tuzum hamda bu tuzum tarafdorlari tomonidan Halab va atrof hududlar bombardimon qilinishi, natijada 300dan ortiq kishi halok bo‘lib, minglab kishilar jarohatlanishini qattiq qoralaymiz", deyilgan xabarda.
Turkiya TIV tomonidan ta'kidlanishicha, Asad rejimi o‘z xalqini "shafqatsizlik bilan o‘ldirmoqda". Suriyaning hozirgi hukumati va tarafdorlari mamlakatdagi mavjud barqarorlikni hal qilish uchun siyosiy yo‘ldan yurish niyatida emasligi qayd etib o‘tilgan.
"Bu harakatlar nafaqat harbiy jinoyatlardir, balki bu insoniylikka qarshi jinoyat hamda xalqaro huquq tartiblariga zid hamdir", deya qo‘shimcha qilingan Turkiya TIV xabarida.
Bundan oldinroq, BMTning Suriya masalasi bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura Suriya armiyasi Halabga yurish boshlaganidan buyon o‘nlab ayollar va bolalar halok bo‘lgani haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026