O‘zbekiston | 15:41 / 26.09.2016
9768
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Qonunchilik palatasi Davlat byudjyeti loyihasini uch o‘qishda ko‘rib chiqadi

“Xalq so‘zi” gazetasining 24 sentabr sonida e'lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni 17 moddasiga muvofiq, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi reglamenti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar kiritildi. 

Unga ko‘ra, Davlat byudjyeti loyihasi Qonunchilik palatasi spikeri tomonidan nafaqat byudjyet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi va fraksiyalarga, balki Qonunchilik palatasining boshqa qo‘mitalariga ham muhokama etish va takliflar ishlab chiqish uchun yuboradi. 

Davlat byudjyeti loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish chog‘ida fraksiyalar va Qonunchilik palatasi qo‘mitalari Davlat byudjyeti loyihasi parametrlari bilan bog‘liq qo‘shimcha axborotni tegishli organlardan talab qilib olishi mumkin. 

Shu bilan birga, endilikda, Qonunchilik palatasi Davlat byudjyeti loyihasini uch o‘yishda ko‘rib chiqilishi qonun bilan mustahkamlangan. 

Bundan tashqari, fraksiyalar va Qonunchilik palatasi qo‘mitalari Davlat byudjyeti ijrosining borishi to‘g‘risidagi masalani dastlabki tarzda muhokama qilish davomida tegishli organlardan Davlat byudjyetining daromad qismi ijrosi xususida, ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi holati to‘g‘risida qo‘shimcha axborotni, shuningdek, ularning maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi haqidagi ma'lumotlarni talab qilib olishi mumkin. 

Bunda, fraksiyalar joylarda byudjyet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitalari tomonidan o‘rganish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid