Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pxenyan yadro quroli ishlab chiqarish jarayonini yakunlagani haqida ma'lum qildi
Rasmiy Pxenyan yadro qurolini ishlab chiqishning asosiy jarayonini yakunlagani haqida bayonot bermoqda. Bu haqda, KXDRning Rossiyadagi elchixonasi matbuot axborotnomasiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda.
"Ehtimol bu, mamlakatning yadro qurolini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlarni yakunlaganiga ishonch bildirishdir", — deyiladi hujjatda.
Axborotnomada qayd etilishicha, "so‘nggi sinov vaqtida, Koreya xalq armiyasi strategik qo‘shinlari "Xvason" artilleriyasining ballistik raketalariga joylashtiriladigan standart yadro kallagining asosiy jihatlari, kuchi, texnik ko‘rsatkichlari aniqlab olingan".
Shimoliy Koreya 9 sentabr kuni navbatdagi yadro sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazgani haqida bayonot bergan edi. Rasmiy Seul portlovchi qurilma kuchini 10 kilotonna deb baholadi. So‘nggi sinov KXDR tarixidagi eng yirigi bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:56 / 10.04.2026