Fan-texnika | 22:21 / 28.09.2016
8462
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda yangi Land Rover Discovery’ning ilk suratlari paydo bo‘ldi

Internetda keyingi avloddagi Land Rover Discovery yo‘ltanlamasining birinchi rasmiy fotosuratlari chop etildi. Suratlar britan markasining Avstraliyadagi saytida paydo bo‘ldi, biroq keyinroq o‘chirib tashlandi. Shunga qaramay, bu suratlarni xodimi yangi avtomobilning suratlarini saytdan skrinshotlar sifatida olishga ulgurgan Car Advice nashri o‘z sahifasida chop etdi.

Suratlarga ko‘ra, avtomobil yangi avloddagi Discovery Sport va 2014 yil boshida taqdim qilingan Discovery Vision kontsept-karidan bir qator uslubiy elementlar olgan.

Yo‘ltanlamas konstruksiyasida alyuminiydan ko‘proq foydalaniladi va buning evaziga model og‘irligi avvalgi modeldan yengilroq bo‘ladi. Hozirgi  Discovery og‘irligi 2622 kg ni tashkil qiladi. 

Discovery motorlar qatori alyuminiydan ishlangan yangi "turboto‘rtlik" Ingenium hamda benzin yoki dizel yoqilg‘isida ishlovchi 3 litrli, 6 silindrli dvigatellardan tashkil topadi. 

2017 yil oxirida modelning og‘ir yo‘lsizlikka mo‘ljallangan ekstremal versiyasi – SVX paydo bo‘lishi kutilmoqda. Uni tayyorlash bilan markaning Special Vehicles Operations (SVO) deb nomlangan bo‘limi shug‘ullanadi.

Yangi avloddagi Land Rover Discovery 29 sentabrda Toshkent vaqti bilan 00:30 da oshkor etiladi. Avtomobilning ommaviy namoyishi Parij avtosaloni doirasida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid