Konimex tumanining Uçtepa ovulida yaşovçi Mağjan Şaymerdenov akasi Nurlan Serikbayev bilan birgalikda çöl hududida yurişga moslaşgan maşina yasadi. Bu uçun u 2 yil vaqt sarfladi.

24 yoşli Mağjan Şaymerdenov yoşligidan maşinalarga qiziqqan. Maktabda öqib yurgan kezlardanoq ovulida usta sifatida tanilgan. Hozirda akasi bilan ustaxona oçib, texnikalarni ta’mirlab kelişmoqda. 2020 yilda aka-ukada maşina yasab köriş fikri tuğiladi. Buning uçun ular namuna sifatida “UAZ-469” modelini tanlaşgan.

“Bu maşinamizni 2020 yilda boşlagandik, yaqinda tugatdik. Çöl hududida yurişga moslaştirganmiz. “Kapot” va oldi qismlari, buferi tunukadan bölgan. Bularni özimiz qöl mehnatida tayyorladik. Çiroqlari “UAZ-469”niki, faqat kuçaytirganmiz. Çöl hududida yoruğ bölişi uçun tumanga qarşi çiroqlardan ham foydalandik. Uzatmalar qutisi “KIA”niki, motor esa “UAZ-469”niki. Içlarini, salon qismlarini ham özimiz tayyorladik. Faqat maşinamizga hali nom qöyganimiz yöq, “Uazvagen” deb atasak böladi, — deydi Mağjan Şaymerdenov.

Uçtepa ovuli Konimex tuman markazidan 210 kilometr olisda, çöl bağrida joylaşgan. Atrofdagi qumliklar Arab sahrolariga öxşab ketadi. Bu yerda oddiy maşina bilan yuriş imkonsiz. Mağjan yasagan yöltanlamas esa qumlikda botib qolmaydi.

Ustaning ma’lum qilişiça, u maşinani yasaşda ehtiyot qismlar sotib oliş uçun 40 mln söm sarflagan. Hozirda “Uazvagen”ga ovuldoşlarining qiziqişi ortib bormoqda. “Menga ham şunaqasidan yasab ber”, deguvçilar köpayyapti. Şu sababli Mağjan maşinani yanada takomillaştiriş niyatida.

Ruslan Saburov,
Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi – Abdusalim Abduvohidov