BAAlik şayx Hamad bin Hamdan Ol Nahayon antiqa avtomobillari kolleksiyasi bilan tanilgan.
Uning kolleksiyasidagi navbatdagi eksponat 5 öqli Dhabiyan yöltanlamasi bölib, u Oshkosh M1075 tank taşuvçi yuk maşinasi negizida qurilgan. Boşqa ma'lumotlarga köra yuk maşinasi avval burğilaş qurilmasi uçun asos bölib xizmat qilgan. Maşinaning yaratuvçilari yuk maşinasi şassisiga Jeep Wrangler Unlimited yöltanlamasi kuzovini örnatişgan.
Şayxning özi yangi maşinasining ulkan ölçamlari bilan maqtaniş imkoniyatini qöldan çiqarmay, uni boşqarib körgan: yöltanlamasning uzunligi 11 metrni taşkil qiladi, balandligi esa 3,3 metrga yetadi.
Maşina 24 tonna kelib, unga hajmi 15,2 litr va quvvati 600 ot kuçini taşkil qiluvçi Caterpillar C15 turbodizel dvigateli örnatilgan.













