Sport | 09:43 / 28.09.2016
3499
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada termasi Jahon kubogi finalining ilk o‘yinida g‘alaba qozondi

Xokkey bo‘yicha Kanada terma jamoasi Jahon kubogi-2016 finalining birinchi o‘yinda Yevropa terma jamoasini 3:1 hisobida dog‘da qoldirdi.

Bahsda hisobni o‘yinning uchinchi daqiqasida kanadaliklar hujumchisi Bred Marshan ochishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinchalik, uning jamoadoshi Stiven Stemkos 14-daqiqada raqib darvozasiga ikkinchi shaybani joyladi. 

Yevropaliklar o‘yinning ikkinchi davrasi 27-daqiqasida Tomash Tatarning sa'y harakatlari bilan oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.  Biroq, Kanada termasining yana bir hujumchisi Patris Berjyeron uchinchi davraning o‘rtalarida uchinchi shaybani yevropaliklar darvozasiga kiritdi. 

Navbatdagi o‘yin 30 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid