Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Qozog‘iston bilan chegarasidagi o‘tkazuv punktlaridan birini yopdi
Qirg‘iziston Respublikasi noma'lum muddatga Qozog‘iston bilan chegarasida joylashgan "Tokmok-avtodorojnyy" nazorat-o‘tkazuv punktini yopdi, deb xabar qilmoqda respublika chegara xizmati.
Ma'lumotlarga ko‘ra, NO‘P "bosh vazir Jeenbekov qaroriga asosan qayta qurish maqsadida yopilgan". "Qurilish ishlarining yakunlanish muddati alohida ma'lum qilinadi", - deyiladi xabarda.
Fuqarolar qurilish ishlari vaqtida "Kenbulun-avtodorojnyy", "Akjol-avtodorojnyy" va "Aktilek- avtodorojnyy" nazorat-o‘tkazuv punktlaridan foydalanib turishlari mumkin.
"Umuman, respublikaning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga integratsiyasi tufayli Qirg‘iziston-Qozog‘iston davlat chegarasining "Tokmok-avtodorojnyy", "Kenbulun-avtodorojnyy" punktlari qayta quriladi, "Aktilek- avtodorojnyy" va "Chaldybar-avtodorojnyy punktlari ta'mirlanadi", - deyiladi chegara xizmati xabarida.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
18:14 / 28.05.2026