Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nima uchun MH17 aviahalokati bo‘yicha barcha ma'lumotlar oshkor etilmadi?
Xalqaro tergov guruhi Malayziya avialiniyasining MH17 reysini amalga oshirayotgan Boeing samolyoti halokatiga doir ma'lumotlarni to‘liq oshkor qilmadi. Niderlandiya bosh prokurori Fred Vesterbekening ma'lum qilishicha, tergov jarayonini uzib qo‘ymaslik uchun shunday yo‘l tutilgan.
2014 yilda ro‘y bergan aviahalokat aybdorlarini izlovchi Hamkorlikdagi tergov guruhi (Joint Investigation Team, JIT) chorshanba kuni dastlabki hisobotini berdi.
"Biz hamma narsani ham oshkor qila olmaymiz, chunki bu hali davom etayotgan tergov jarayonini uzib qo‘yishi mumkin", - dedi Vesterbeke hisobot taqdimotida.
MN17 reysi bilan Amsterdamdan Kuala-Lumpurga parvoz qilayotgan Malayziya avialiniyalariga qarashli Boeing 777 samolyoti 2014 yilning 17 iyulida Donetsk viloyati hududida halokatga uchragan. Samolyot bortidagi 298 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan.
RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya MH17 aviahalokati bo‘yicha keng qamrovli ma'lumot berganini ta'kidladi. U barcha davlatlar ham bunday qamrovli ma'lumot bermaganini afsus bilan qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "ba'zi mamlakatlar hanuz radar ma'lumotlarini taqdim etishmagan".
Shuningdek, Peskov Moskva Gollandiyaning MH17 reysi halokati bo‘yicha olib borgan tergov ishi natijalarini baholashini ma'lum qilgan. U "harbiylar tomonidan taqdim etilgan so‘nggi radar ma'lumotlarini inobatga olgan holda xulosa qilish zarurligini ta'kidladi".
Mavzuga oid
21:35 / 15.06.2026
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
08:46 / 24.03.2026