Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyani ekstremistlarning xuruji kuchayishi bilan qo‘rqitdi
AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbi rasmiy Moskvani ekstremistlarning Rossiya shaharlariga hujumi va Suriyada harbiylarini yo‘qotishi bilan qo‘rqitmoqchi bo‘ldi.
"Oqibatlar shunday bo‘ladi: Suriyadagi fuqarolik urushi davom etadi, ekstremistlar, ularning guruhlari mamlakatdagi hokimiyat bo‘shlig‘idan o‘z amaliyotlarini kengaytirishda foydalanadi, albatta ular Rossiya manfaatlariga xuruj qilishadi — bu shubhasiz — ehtimol, balki Rossiya shaharlari ham nishonga olinar. Va Rossiya harbiylarini o‘liklar uchun qoplarda uylariga jo‘natishni davom ettiradi hamda rossiyaliklar zaxiralarini yo‘qota boshlaydi, balki yana samolyotlaridan ham ayrilar", — degan Kirbi, Suriyadagi zo‘ravonliklarning ehtimoliy oqibatlari xususida berilgan savolga.
Ta'kidlash joizki, AQSh "zo‘ravonlik" so‘zini odatda Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Suriya armiyasining terrorchi va jangarilarga nisbatan harakatlarini izohlashda qo‘llaydi.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026