Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Volkswagen haydovchisiz yuradi
Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi Parij avtosaloniga muqobil boshqarishga ega elektromobil kontseptini keltirdi. I.D. deb nomlangan model kapoti ostiga 170 ot kuchiga ega elektromotor o‘rnatilgan bo‘lib, u 400-600 km masofaga yeta oladi.
Mashinaning o‘ziga xos jihatlaridan biri — havoning qarshiligini kamaytirishi uchun maxsus ishlab chiqilgan g‘ildirak disklaridir. Uning intereri Open Space konsepsiyasi asosida jihozlangan.
Avtokonsern 2016 yil iyunida 2025 yilgacha rivojlanish dasturini e'lon qilgan edi. Unda kompaniya yo‘lovchi mashinalar ishlab chiqarish borasida elektr va muqobil boshqaruvga ega avtomobillarga ko‘proq e'tibor qaratishi belgilangan.
Shunday qilib, oradan 9 yil o‘tgach, korxona tomonidan ishlab chiqilayotgan mahsulotlar orasida 30 elektromobil bo‘ladi. Ularning yillik savdosi 2-3 mln donani tashkil etadi. Bundan tashqari, kompaniya elektr transport vositalari uchun mobil ilovalarni ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yadi.
Mavzuga oid
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
17:59 / 10.06.2026
Meksika 8600 dollarga o‘ta arzon Olinia Uno elektromobilini taqdim etdi
08:45 / 28.05.2026
O‘zbekistonda yana bir yirik avtomobil brendi ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda
22:44 / 26.05.2026