Moskva: AQShning Suriya bo‘yicha bayonoti terrorizmni qo‘llab-quvvatlashdir
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh Davlat departamentining Suriyadagi harbiy harakatlar davom ettirilsa, ekstremistlar Rossiya shaharlariga xuruj qilishi ehtimoli to‘g‘risida bergan bayonotini izohladi.
Avvalroq, AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi Rossiyani ekstremistlarning Rossiya shaharlariga xuruji va Suriyada harbiy yo‘qotishlari bilan qo‘rqitishga urinib ko‘rgan edi. Amerikaning yuqori lavozimli diplomatining so‘zlariga ko‘ra, agar Suriyadagi fuqarolik urushi davom etsa, ekstremistlar hokimiyatdagi bo‘shliqdan o‘z amaliyotlarini kengaytirishda foydalanadi. Rossiya esa, zaxiralarini yo‘qotishda davom etadi.
""Qoplardagi jasadlar", "Rossiya shaharlaridagi teraktlar" va "samolyotlarning urib tushirilishi" kabi iboralar sizningcha diplomatning so‘zlaridan ko‘ra, itlarga beriladigan "bos" buyrug‘iga o‘xshamayaptimi?" — deb yozgan Rossiya TIV vakili Facebook sahifasida.
Mariya Zaxarova, shuningdek, Davlat departamentiga savol bilan murojaat qilib, aynan qaysi ekstremistlar haqida so‘z borayotganiga oydinlik kiritishni so‘ragan. Balki, gap, Moskva bir necha bor terrorchilardan ajratishni so‘ragan “sodiq muxolifat” vakillari haqida borayotgandir.
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Ryabkov ham AQSh Davlat departamenti vakilining so‘zlarini Vashington Suriya bo‘yicha kelishuvdagi majburiyatini bajara olmayotgan bir vaqtda Oq uy ma'muriyatining o‘z "hissiyotlarini jilovlay olmasligi" deb baholadi.
"Bu kabi so‘zlar Rossiyaga nisbatan terrorchilik qurolidan foydalanish borasida yashirish qiyin bo‘lgan chaqiriqdir. Mazkur bayonot, AQShning hozirgi ma'muriyati, Yaqin sharq va ayniqsa Suriyadagi vaziyatni baholashda naqadar pastkashlikka borayotganini isbotlaydi", — deb qayd etgan diplomat.
Mavzuga oid
19:22
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024