Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: AQSh Suriyada muxolifatga beriladigan yordamni oshirishi mumkin
AQSh hukumati Suriyaning Halab viloyati hududida hukumat qo‘shinlarining harakatiga javob tariqasida turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda, ular orasida muxolifat qo‘llab-quvvatlovini kuchaytirish varianti ham bor.
Muhokamalar hozircha ayrim tashkilotlar doirasida kechmoqda va hali Barak Obamaning stoliga yetib borganicha yo‘q. Bu haqda Amerikadagi yuqori martabali amaldorga asoslanib, Reuters agentligi xabar bergan.
Rasmiy Vashington harakatining salohiyatli variantlari orasida AQShning Fors ko‘rfazidagi ittifoqdoshlariga muxolifatni yanada kuchli qurollar bilan ta'minlashga ruxsat berish varianti ham mavjud.
Keng miqyosli harakat varianti ko‘rib chiqilmayapti, chunki AQSh prezidenti Barak Obama amerikalik askarlarning harbiy harakatlarda ishtirok etishiga qarshi. Ayni paytda Suriyadagi isyonchilarni harbiy tayyorlash va ularga maslahat berish uchun amerikalik qo‘shimcha maxsus askarlar jo‘natilishi mumkin. Bundan tashqari, O‘rta Yer dengizi sharqida kema va aviatsiyalar guruhi ko‘paytirilishi va isyonchilarga gumanitar yordam berish uchun havo koridori ochilishi ehtimoli bor.
Ma'lum qilinishicha, hukumat qo‘shinlarining Halabdagi harakat sur'ati Oq uydagilarni hayron qoldirmoqda. Chunki shaharning olinishi muxolifat kuchlarini jiddiy zarba ostida qoldiradi.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026