Texnologiya | 16:30 / 29.09.2016
7598
2 daqiqa o‘qiladi

Robotqo‘l endilikda enaga va tikuv mashinasi o‘rnini bosa oladi

Zamonaviy robotlar hozircha insonlar o‘rnini butunlay egallay olmaydi va kundalik yumushlarning barchasini boshqaruv yoki dasturiy ta'minotsiz bajara olmaydi. 

Biroq zamonaviy yuqori texnologiyali mahsulotlarni ularsiz tasavvur etish qiyin. Qo‘l ko‘rinishidagi atomatlashtirilgan robotlar texnika avtomobillar yig‘ishda allaqachon qo‘llanilmoqda. Biroq Jonatan Zornov ularning o‘zgacha vazifa bajaruvchi turini ixtiro qildi.

Endi robotqo‘l inson yordamisiz tikuv mashinasida ko‘ylak tikishi mumkin. Aqlli mexanizm matoni osonlik bilan tikishi uchun ular avvaldan zaharli bo‘lmagan polimer bilan singdiriladi. Shundan so‘ng, matoning barcha qismi kerakli tartibda tikiladi va suvga namlagan holda tayyor kiyimdan polimer olib tashlanadi.

Robotga yanada qiziqroq ko‘nikmalar Robotiq kompaniyasi direktori tomonidan kiritildi — endi mexanik do‘st chaqaloqli arg‘imchoqni bemalol tebratishi va bolalar bilan aqlli o‘yinchoqlar o‘ynashi mumkin. 

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid