Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosiga oylik yo‘l chiptalari qaytadi
«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transportida shahar aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida 1 oktabrdan boshlab yangi oylik yo‘l chiptalarini kiritishni ma'lum qildi.
Kompaniya sayti xabariga ko‘ra, ushbu qaror «aholining kundalik transport xarajatlarini iqtisod qilish, sifatli xizmat ko‘rsatish, yer usti va yer osti jamoat transportlarini uzviy bog‘lash maqsadida» qabul qilindi.
Amalda bo‘lgan oylik yo‘l chiptalari:
- N (nafaqador va nogironlar uchun — avtobus, 60 ming so‘m),
- T (talabalar uchun — avtobus, 60 ming so‘m),
- O' (o‘quvchilar uchun — avtobus, 60 ming so‘m),
- AV (umumiy aholi uchun — avtobus, 120 ming so‘m)
Seriyalariga qo‘shimcha ravishda avtobuslar va metroda foydalanish uchun:
- NM (nafaqador va nogironlar uchun — avtobus va metro), 83 ming so‘m),
- TM (talabalar uchun — avtobus va metro, 83 ming so‘m),
- O’M (o‘quvchilar uchun — avtobus va metro, 83 ming so‘m),
- AVM (umumiy aholi uchun — avtobus va metro, 166 ming so‘m).
oylik yo‘l chiptalari joriy etiladi.
Yangi turdagi oylik yo‘l chiptalari 29 sentabr kunidan sotuvga chiqarildi.
Mavzuga oid
11:17 / 18.05.2021
Toshkent metrosi ish vaqti o‘zgarmoqda
23:32 / 29.04.2021
Metropoliten: Mashinist tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini ko‘rgani uchun poyezdni to‘xtatgan
19:16 / 28.04.2021
Toshkent metrosida yana favqulodda holat yuzaga keldi
09:44 / 27.12.2020