«2021 yil 21 maydan boşlab metropoliten Çilonzor va Özbekiston yöllarining iş tartibi vaqtinça soat 06:00dan 23:00gaça etib belgilanadi», deyiladi «Özbekiston temir yöllari» rasmiy xabarida.
Ma'lumot uçun, şu kungaça Toşkent metropolitenining «Yunusobod» yönalişi soat 23:00gaça, «Çilonzor» va «Özbekiston» yönalişlari esa soat 05:00dan 00:00gaça işlab kelardi.
Toşkent metrosida sönggi oylarda köplab köngilsiz hodisalar kuzatildi.
18 mart kuni «Olmazor» (Çilonzor yöli) va «Bekat-1» (Sergeli yöli) orasidagi tunnelda ikki poyezd töqnaşgandi.
7 aprel kuni Toşkent metrosida ikki poyezd töqnaşgani haqida xabar tarqaldi. Rasmiy izohda texnik sabablarga köra «Ğofur Ğulom» bekatida yölovçilar poyezddan tuşirilib, zaxiraga kelgan navbatdagi poyezdga ötkazib yuborilgani, yölovçilar tuşirilgan poyezd boşqa poyezd yordamida şatakka olinib, «Beruniy» bekatiga olib kelingani ma'lum qilindi.
8 aprel kuni Sergeli yerusti metrosida poyezd yarim yölda töxtab qoldi. Yölovçilar temir yöl böylab piyoda yurişga majbur böldi.
9 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda poyezdning oçiq eşiklar bilan harakati tuşirilgan video tarqaldi.
28 aprel kuni tunnelda töxtab qolgan poyezd haqidagi video tarqaldi, unda yölovçilar relslar orqali harakatlanib, bekatga yetib olgani tasvirlangan.
7 may kuni soat 21:10 dan 22:00 gaça Toşkent metropoliteni Halqa yölining 7-bekatida elektr energiyasi öçib qolgandi.












