Jahon | 15:27 / 29.09.2016
4522
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada favqulodda holat yana 3 oyga uzaytirilishi mumkin

Turkiyada amalda bo‘lgan  favqulodda holat yana 3 oyga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga asoslangan holda Reuters agentligi xabar bergan.

U bu qaror xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirgan.

Anadolu agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Turkiya milliy xavfsizlik kengashining yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, hukumatga favqulodda holat tartibini Turkiya hukumati, shuningdek fuqarolar erkinligi va huquqlari himoyasi uchun yana uzaytirish taklifi berilgan.

Favqulodda holat 21 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:00 dan boshlab uch oy muddatga joriy etilgandi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng mamlakatda favqulodda holat joriy etilishini ma'lum qilgandi. O‘shanda u mazkur qaror konstitutsiyaga to‘liq mos ekanligi va qonunlar yoki Turkiya fuqarolari erkinligini cheklamasligini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, to‘ntarishga urinish oqibatida 208 kishi halok bo‘ldi, 1 500 nafari turli tan jarohatlarini oldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid