Jahon | 00:57 / 30.09.2016
4961
1 daqiqa o‘qiladi

Obama qisqa muddatli byudjyetni imzoladi

AQSh prezidenti Barak Obama hukumatni prezidentlik saylovlaridan keyingi davr – 9 dekabrgacha moliyalashtirishni uzaytiruvchi byudjyet loyihasini imzoladi, deb ma'lum qildi Oq uy.   

AQSh kongressi vakillar palatasi 28 sentabrda senat ortidan hukumat ishining to‘xtatib qo‘yilmasligi uchun uni moliyalashtirishni uzaytirish qarorini qo‘llab-quvvatladi. Qaror moliyaviy yil yakunlanishi munosabati bilan 30 sentabrgacha qabul qilinishi kerak edi, aks holda federal muassasalar noma'lum muddatga yopilishi mumkin edi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid