Jamiyat | 14:45 / 30.09.2016
10412
1 daqiqa o‘qiladi

Ufada yonayotgan uyning to‘qqizinchi qavatidan sakragan erkak halok bo‘ldi (video)

Ufada yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyda chiqqan yong‘indan qochgan erkak to‘qqizinchi qavatdan sakrab halok bo‘ldi. Bu haqda Boshqirdiston favqulodda vaziyatlardagi manbaga asoslanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

"Ishchi yong‘indan qochib, to‘qqizinchi qavatdan sakragan va halok bo‘lgan", — degan agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilayotgan binoda polga to‘shaladigan maxsus to‘shama 100 kv metr maydonda yonib ketgan. 

Ayni damda yong‘inga qarshi 41 nafar kishi va 17 ta texnika vositasi kurashmoqda.

FVVning hududiy boshqarmasi xabariga ko‘ra, bino ichidan 10 nafar kishi evakuatsiya qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid