Jahon | 12:40 / 01.10.2016
7853
1 daqiqa o‘qiladi
Karib dengizi ustidagi "Mettyu" to‘foni beshinchi toifagacha kuchaydi
"Mettyu" dovuli kuchayib, eng yuqori toifaga yetdi, deb xabar qilmoqda AQSh dovullarni kuzatish milliy markazi.
Markaz ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu dovul 2007 yili yuz bergan dahshatli "Feliks" to‘fonidan keyin ilk bora kuzatilayotgan kuchli to‘fondir.
Ayni vaqtda, uning tezligi soniyasiga 71,5 metrni tashkil etmoqda (soatiga 257,4 km demakdir). Kolumbiyaning Galinas burnidan 129 km shimoli g‘arbda va Yamayka poytaxti Kingstondan 700 km janubi-sharqda joylashgan to‘fon episentri 10 km/soat tezlikda g‘arb tomon harakatlanmoqda.