Sport | 02:22 / 03.10.2016
4823
1 daqiqa o‘qiladi

"Inter" safarda "Roma"dan mag‘lubiyatga uchradi

Italiya A seriyasi 7-turining markaziy uchrashuvida “Roma” o‘z uyida “Inter”ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab o‘yinning 5-daqiqasida Jyeko mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 72-daqiqada Banega hisobni tenglashtirdi. 76-daqiqada Manolas rimliklarga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Ushbu o‘yindan so‘ng “Roma” 13 ochko bilan musobaqa jadvalining 3-pog‘onasida bormoqda. “Inter” esa 11 ochko bilan 9-o‘rinni band qilgan.


Italiya -  A Seriya. 7-tur
“Roma” (Rim) – “Inter” (Milan) – 2:1
Gollar: 
Jyeko, 5 (1:0); Banega, 72 (1:1); Manolas, 76 (2:1).
Ogohlantirishlar: Jyesus, 64 – Santon, 24; Ansaldi, 36.

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid