Rossiya AQShni Suriya bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga chaqirdi
Rasmiy Moskva Vashingtonni hissiyotlarni bir chetga qo‘yib, Suriya bo‘yicha ishlarni davom ettirishga undaydi. Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Ryabkov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida shunday bayonot bergan.
«Biz amerikaliklarni (...) nima bo‘layotganini izohlab bera oladigan va gumanitar yuklarni yetkazish hamda siyosiy jarayonlarni boshlashga mas'ul bo‘lgan aloqalar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga chaqirayapmiz. Ammo, buning aksini ko‘ryapmiz», — degan diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Rossiyani Suriya bo‘yicha hamkorlikka barham bergani borasida ogohlantirmagan, biroq, Vashington istalgan vaqtda shunday qilishi mumkin.
«Ularning sovuqqonlik bilan emas, balki hissiyotlarini boshqara olmayotgani bois, har qanday qaror qabul qilishi mumkin», — deya qayd etgan Ryabkov.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024