Jahon | 20:24 / 04.10.2016
10998
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiyaning Polsha bilan chegarasiga o‘z batalonini joylashtiradi

2017 yilning yanvarida Polsha shimoli-sharqidagi Ojish shahri (Rossiya tarkibidagi Kaliningrad viloyati bilan chegaradosh) yaqinidagi garnizonga 800 nafar amerikalik askarni o‘z ichiga olgan batalon joylashtiriladi. Bu haqda «Polskoye radio» xabar bergan.

"Amerikaliklar bataloni Polsha sharqidagi Ojish garnizoniga joylashtiriladi", deyilgan Olshtin voyevodasi harbiy shtabi polkovnigi Anjyey SHCHolek bergan ma'lumotda.

U AQSh askarlari Ojishdan 13 km masofadagi Bemovo-Piske qishlog‘ida joylashtirilishini qayd etgan.

Xabar qilinishicha, Polsha mudofaa vaziri Antoni Matserevich NATO rahbari Yyens Stoltenbergga "Suvalki bo‘yni xavfsizligini ta'minlash zarurati" haqida ma'lum qilgandi.

Vazirning fikricha, Litva hamda Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Suvalki bo‘yni tahdid kelishi mumkin bo‘lgan muhim nuqta hisoblanadi. Bu joy shuningdek, Boltiqbo‘yi mamlakatlari bilan aloqalarda muhim ahamiyatga egadir.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid