Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple kompaniyasining navbatdagi taqdimoti tafsilotlari fosh etildi
AQShning Apple kompaniyasi bahorgi taqdimot marosimida uchta yangi iPad planshet kompyuterlarini namoyish etishi mumkin. Ular orasida 7,9 dyuymli ekranga ega iPad Pro mini ham bo‘ladi, deya xabar qilmoqda Yaponiyaning Mac Otakara blogi.
Unga ko‘ra, yangi modelning katta ko‘rinishi hozirgi o‘lchamda qoladi. Biroq, uning kamerasi o‘zgarib, iPad Pro 9,7 modelida qo‘llanilgan True Tone funksiyasiga ega bo‘ladi. Ushbu texnologiya tasvirni atrofning yoritilishiga moslashtirish imkonini beradi. Planshet kompyuterlarning o‘rta hajmli modellari o‘lchami diagonali 10,1 dyuymgacha yiriklashadi. Shu sababli, uning gabarit o‘lchamlari ham eniga 0,5 sm, qalinligi 1 smga kattalashadi.
Taqdimot marosimining asosiy yangiligi 7,9 dyuymli iPad Pro mini bo‘lishi kutilayapti. Bu qurilmaga ham True Tone funksiyasi, to‘rtta stereo-dinamik va klaviaturani o‘rnatish uchun smart-konnektor joylanadi. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, uchchala planshet iPhone 7 smartfonida olib tashlangan 3,5 mmli audiotirqishga ega bo‘ladi.
Apple iPad Pro planshetini 2016 yil bahorida bo‘lib o‘tgan WWDC ko‘rgazmasi doirasida namoyish etgan edi. Ushbu planshet kompaniyaning 256 gigabayt xotiraga ega ilk qurilmasi bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
22:14 / 28.05.2026