Texnologiya | 21:30 / 04.10.2016
5034
2 daqiqa o‘qiladi

Ericsson kompaniyasi Shvetsiyada 3,9 ming ish o‘rnini qisqartirishini e'lon qildi

Shvetsiyaning telekommunikatsion qurilmalar ishlab chiqaruvchi Ericsson kompaniyasi ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot bo‘limlarida 300 mingga yaqin ish o‘rnini qisqartirmoqchi. Shuningdek, kompaniyaning 900 maslahatchisi o‘z ishidan  ayriladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Joriy yilda qiymati 25 foizga tushib ketgan shved kompaniyasi hozirda kompaniyani iyulda tark etgan Xans Vestberg o‘rniga yangi bosh direktor izlamoqda. Kompaniya qisqartirishlar haqida 4 oktabrda e'lon qildi.  

"Bu choralar kompaniyaning raqobatbardoshligini ta'minlash uchun zarur", deb aytdi kompaniya bosh direktori vazifasini bajaruvchi Yan Frikxammar.

Ishchi o‘rinlarning qisqartirilishi Shvetsiyaga zarba bermoqda, bu yerda Ericsson mamlakatdagi eng yirik ish beruvchi korxonalardan biri hisoblanadi. Siyosatchilar ham, kasaba uyushmalari ham kompaniyada ish o‘rinlarini saqlab qolish uchun barcha imkoni bor ishni qildilar.

Hozirda kompaniyaning Shvetsiyadagi korxonalarida 16 ming kishi ishlaydi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid