Jahon | 12:31 / 04.10.2016
10294
1 daqiqa o‘qiladi

Fox News: Rossiya Suriyada C-300 tizimlarini joylashtirgan

Rossiya Suriyada yangi avlod havo hujumi va raketalarga qarshi mudofaa tizimlari S-300VM (NATO tasnifi bo‘yicha SA-23 Gladiator) uskunalarini joylashtirgan, deb xabar qilmoqda Amerikaning Fox News telekanali hukumatdagi uch nafar manbasiga tayangan holda. 

Rossiya ilk marotaba ancha takomillashtirilgan havo hujumidan himoya vositalarini mamlakat tashqarisida joylashtirdi, deb qayd etgan telekanal.

Manbalarning ta'kidlashicha, S-300 AQShning Suriya tomon uchiruvchi har qanday raketasini urib tushira oladi. 

Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, 240 kmgacha bo‘lgan nishonni urib tushira oladigan tizimning tarkibiy qismlari Rossiyaning O‘rta yer dengizidagi Tartus harbiy bazasiga keltirilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid