Fan-texnika | 10:48 / 04.10.2016
10350
2 daqiqa o‘qiladi

Galaxy Note 7 smartfoni GTA V o‘yini quroliga aylandi

HitmanNiko tomonidan yaratilgan modifikatsiyada Samsung Galaxy Note 7 GTA V o‘yini uchun portlatuvchi qurol sifatida qo‘llangan. Bunday smartfonni GTA V do‘konlaridan topish mumkin.

Modded Games ning YouTube-kanalida joylashtirilgan videolarda smartfondan bomba o‘rnida foydalanish imkoniyatini ko‘rish mumkin. Videolarda yo‘llardagi mashinalar va politsiyachilarni smartfonni ularga otish orqali yo‘q qilish imkoniyatlari ko‘rsatilgan.

Note 7 smartfonlari portlab ketayotgani boshqa o‘yinlarda ham aks etgan. Counter-Strike o‘yinida ham undan bomba o‘rnida foydalanilgan.

Sentyabr oyining boshida kompaniyaning yangi smartfoni akkumulyatorlarida aniqlangan jiddiy nuqson tufayli sotilgan gadjyetlar qaytarib olina boshlandi. Smartfonlar qizib, yonib keta boshlagani bois kompaniya xaridorlarga ularni tezroq o‘chirib, almashtirish dasturidan foydalanishga chaqirgan edi.

Mamlakatda almashtiruv dasturi 21 sentabrda boshlandi. Amerikaliklarning aksariyati almashtirish uchun kompaniyaning boshqa mahsuloti yoki pul to‘lovini emas, smartfonni olishni ma'qul ko‘rmoqda.

Janubiy Koreya mutasaddilari kompaniyaga Galaxy Note 7 xaridorlariga tovon to‘lash muddatini uzaytirish va akkumulyatorlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish yuzasidan ko‘rsatma berdi. Shu bois Samsung tovon to‘lash dasturining yakunlanishi muddatini 26 sentabrdan 30 sentabrga ko‘chirdi.

1 oktabr kuni Janubiy Koreyada Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari yana sotuvga chiqarildi. 

 

Mavzuga oid