Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaota aeroportida hazillashib «atom bombasi» borligini aytgan o‘zbekistonlik jazolandi
18 yashar yigit qariyb 79 ming tenge (1,8 mln so‘m) jarimaga tortildi.
Foto: Kapital.kz
Qozog‘istonning Olmaota shahrida 18 yoshli O‘zbekiston fuqarosi aeroportda ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida hazillashib, bagajida «atom bombasi» borligini aytganidan keyin mojaro keltirib chiqardi.
Hodisa 2 sentabr kuni sodir bo‘lgan va «jamoat tartibini buzib, yo‘lovchilar orasida xavotir uyg‘otgan». Oqibatda O‘zbekiston fuqarosiga chora ko‘rilgan va 78 640 tenge (1,8 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.
Qozog‘iston IIV huzuridagi Transport politsiyasi departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon poyezdlar va samolyotlardan turli qoidabuzarliklar uchun 900 kishi tushirib yuborilgan: 489 kishi poyezddan, 411 kishi samolyotdan. Hodisalar ko‘pincha spirtli ichimliklar ichish, mast holatda bo‘lish, vagonlarda chekish yoki mayda bezorilik bilan bog‘liq.
Avvalroq, Toshkent metrosida 19 yoshli qiz hazillashib, sumkasida bomba borligini aytganidan keyin 5 sutkaga qamalgan edi.
Mavzuga oid
13:39 / 07.04.2026
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
20:23 / 31.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
07:17 / 25.03.2026