Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Fors ko‘rfazida katta miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshladi
Saudiya Arabistoni harbiy-dengiz kuchlari 4 oktabrda Fors, Ummon ko‘rfazlari va Ormuz bo‘g‘ozida katta miqyosdagi "Ko‘rfaz qalqoni-1" harbiy mashg‘ulotlarini boshladi, deb ma'lum qildi Saudiya Arabistonining "Al-Axboriya" telekanali.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda kemalar, katerlar, samolyotlar va Saudiya Arabistoni Sharqiy floti maxsus kuchlari ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlar qo‘mondoni, flot admirali Majid al-Kaxtaniyning aytishicha, mashg‘ulotlar qirollikning sharqiy floti Fors va Ummon ko‘rfazlarida o‘tkazayotgan eng
yirik mashg‘ulotlardan biri bo‘ldi.
Uning aytishicha, harbiy manyovrlar harbiy-dengiz operatsiyalarining barcha turlarini, jumladan suv osti operatsiyalari, minalarni bartaraf etish va "elektron urush"ni qamrab olgan.
"Mashg‘ulotlardan maqsad – Saudiya Arabistoniga istalgan tajovuzga qarshi harbiy-dengiz kuchlarining jangovor tayyorgarligi, bo‘linmalar va harbiy xizmatchilar mahoratini oshirish, ularni Saudiya Arabistonining dengizdagi manfaatlarini himoyalashga tayyorlashdan iborat", deb aytdi al-Kaxtaniy.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026