Jahon | 15:30 / 05.10.2016
13887
1 daqiqa o‘qiladi

Fotogalereya: Gaitiga o‘n yillikning eng kuchli dovuli yopirildi

Gaitiga keyingi 10 yillikdagi eng kuchlisi bo‘lgan «Mettyu» dovuli yopirildi. Uning tezligi soatiga 230 kilometrni tashkil etmoqda.

Gaiti Respublikasining beshta shahri dengiz sathining ko‘tarilishi va daryolardan suv toshishi oqibatida suv ostida qoldi. Bundan tashqari, poytaxt Port-o-Prensni ma'muriy markaz Peti-Goav hamda mamlakatning janubiy qismi bilan bog‘lab turuvchi ikki ko‘prik vayron bo‘ldi.

De-Kayye shahrida esa ko‘plab uylarning tomi tabiiy ofat oqibatida uchib ketdi.

Kuzatuvchilarning fikricha, Gaiti oroliga yopirilgan tabiiy ofat oqibatida yuzaga kelgan holat mamlakatda 9 oktabr kuniga belgilangan umumiy saylovlarni xavf ostiga soladi.

Gaitida oxirgi marta jiddiy tabiiy ofat 2010 yilda kuzatilgandi. O‘shanda yer qimirlashi va undan keyin vabo tarqalishi tufayli 200 ming kishi halok bo‘lgan.

 

 

Mavzuga oid