Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya qirg‘oqlariga yeta olmagan qochqinlardan 28 nafarining jasadi topildi
Italiya qirg‘oq mudofaasi 4 oktabr kuni Yevropaga yetib olishga uringan liviyalik muhojirlardan 28 nafarining jasadini topdi. Bu haqda AFP xabar qildi.
Ulardan 22 nafarining jasadi mingga yaqin odamni olib ketayotgan uch palubali yog‘och kemadan topilgan. Halok bo‘lganlar quyi palubalarda nafasi qaytib jon bergani taxmin qilingan.
3 oktabr kuni Yevropa sohillariga rezina qayiqlarda yetib olishga uringan 6 mingga yaqin kishi qutqarilgani haqida xabar berilgandi. Ular asosan afrikaliklar bo‘lgan.
Qayd etish kerakki, joriy yilning 9 oyida O‘rta Yer dengizi orqali Yevropaga yetib olishga harakat qilgan kishilar soni o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 60 foizga kam bo‘ldi.
O‘tgan shu vaqt davomida Yevropaga dengiz orqali yetib kelgan 3021486 kishi boshpana so‘ragan. Ularning aksar qismi Italiya va Gretsiyada joylashgan.
Mavzuga oid
09:02
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
15:45 / 17.09.2020
Makron nimani ko‘zlamoqda: piligi pasaymayotgan O‘rta yer dengizi mojarosiga nazar
20:21 / 12.09.2020
Erdo‘g‘an Makronga O‘rta yer dengizi masalasida Turkiya bilan bog‘lanmaslikni maslahat berdi
18:37 / 09.09.2020