Texnologiya | 17:02 / 06.10.2016
5467
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda internet narxi pasaytiriladigan bo‘ldi

Foto: © Fotolia

Qirg‘izistonda internet uchun to‘lovlar narxi pasaytiriladigan bo‘ldi. Bu haqda 6 oktabr kuni Qirg‘iziston Davlat monopoliyaga qarshi nazorat agentligi direktori Bolsunbek Kazakov ma'lum qilgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Olmaotadagi muzokaralar Qozog‘iston va Qirg‘iziston kompaniyalari o‘rtasida kechgan. 

«Yakunda tegishli qarorga kelindi. Narxlar pasaytirilgunga qadar avvalgi holida qoldirildi. Tuzilgan shartnomalar amal qilishda davom etadi. Bundan tashqari, past tezlikdagi milliy provayderlar avvalgi  shartlarga qaytishadi», - dedi Bolsunbek Kazakov.

Qozog‘iston hech qanday tushuntirishlarsiz Qirg‘izistonda uch bor internet narxini oshirgan edi. Tomonlar adolatli narxlarga kelishib olishgan. Bir safar qozoq tomoni shartnoma shartlarini bajarishdan bo‘yin tovlagan edi, deyiladi manba bergan ma'lumotda.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid