Jahon | 11:43 / 06.10.2016
7033
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriya prezidenti mamlakat iqtisodi uchun 2ta samolyotini sotuvga qo‘ydi

Foto: Reuters

Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy prezident aviaparkidagi ikkita samolyotini sotuvga qo‘ydi. Ushbu qaror uning saylovoldi va'dasi -  ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish masalasini amalga oshirish maqsadida qabul qilindi.

Associated Press nashrining ma'lum qilishicha, sotuv haqidagi e'lon gazetada paydo bo‘lgan. Sotuvga xizmatdagi Dassault Falcon 7x va biznes-klass samolyoti Beechcraft 4000 qo‘yilgan.
Ma'lum qilinishicha, Buxoriy o‘z aviaparkidagi 11 nusxani sotuvga qo‘ygan.

Neft narxining tushishi oqibatida Nigeriyada inflyatsiya darajasi ikki baravarga oshdi. Bundan tashqari, mamlakatdagi murakkab iqtisodiy vaziyat xorijiy valyutalar tanqisligini ham keltirib chiqardi.
 

Mavzuga oid